ATROF-MUHITGA TA’SIRNI BAHOLAŞNING YANGI MEXANIZMLARI JORIY ETILMOQDA
2026-11-05 16:40:00 / Brifing

Mazkur qaror Özbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlaş, şuningdek, ekologik baholaş jarayonlariga zamonaviy, şaffof va samarali mexanizmlarni joriy etiş maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan qanday yangiliklar belgilanmoqda?
1. Davlat ekologik ekspertizasini ötkazish tartibi takomillaştiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasidan majburiy ötkazilişi lozim bölgan faoliyat turlari va obyektlar röyxati belgilanadi. Obyektlar atrof-muhitga ta’sir darajasiga qarab toifalarga ajratiladi. Bu loyihalarni ekologik xavflilik darajasidan kelib çiqib baholaş imkonini beradi.
2. Atrof-muhitga ta’sirni baholaş mexanizmlari kuçaytiriladi.
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oşirilayotgan xöjalik faoliyatining atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq, ösimlik va hayvonot dunyosi, şuningdek, inson salomatligiga ehtimoliy ta’siri örganiladi. Aniqlangan xavflarning oldini oliş va salbiy oqibatlarni kamaytiriş böyiça tegişli çoralar işlab çiqiladi.
3. Jamoatçilik iştiroki kengaytiriladi.
Faoliyatning atrof-muhitga ta’siri yuzasidan jamoatçilik eşituvlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi belgilanadi. Bu fuqarolar, jamoatçilik vakillari va boşqa manfaatdor tomonlarga ekologik masalalar böyiça öz fikr-mulohaza hamda takliflarini bildiriş imkonini beradi.
4. Jamoat ekologik ekspertizasining huquqiy asoslari mustahkamlanadi.
Qaror bilan jamoat ekologik ekspertizasini ötkaziş tartibi ham tasdiqlangan. Uşbu mexanizm ekologik ahamiyatga ega masalalarni jamoatçilik iştirokida örganiş va baholaş imkoniyatini yaratadi.
5. Ekologik hujjatlarni işlab çiquvçilar faoliyati takomillaştiriladi.
Atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallari va ekologik normativlar loyihalarini işlab çiquvçilar faoliyatini taşkil etiş hamda ularning reytingini yuritiş tartibi belgilanadi. Bu ekologik hujjatlar sifatini oşiriş va ularni işlab çiqiş jarayonini takomillaştirişga xizmat qiladi.
6. Ekspertiza muddatlari va tölovlari tartibga solinadi.
Qarorning tegişli ilovalarida davlat ekologik ekspertizasidan majburiy ötkaziladigan obyektlar böyiça ekspertiza muddatlari va tölov miqdorlari faoliyat turi hamda ekologik ta’sir toifasiga qarab belgilanadi.
Qarorning ahamiyati nimada?
Yangi mexanizmlarning asosiy maqsadi ekologik xavflarni erta aniqlaş, xöjalik faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda ekologik qarorlar qabul qiliş jarayonida jamoatçilik iştirokini ta’minlaşdan iborat.
Şu munosabat bilan, tadbirkorlik subyektlari, loyiha taşkilotlari va ekologik baholaş materiallarini işlab çiquvçilarga öz faoliyatini qonunçilik talablariga muvofiq taşkil etiş, loyihalarni tayyorlaşda ekologik talablarni inobatga oliş hamda belgilangan tartiblarga rioya etiş tavsiya etiladi.
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ham mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng tarğib qiliş, ekologik qonunçilik talablari böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorning töliq matni bilan LexUZ milliy qonunçilik bazasi orqali tanişing.
