Hurmatli yurtdoshlar!
2026-10-21 12:40:00 / Yangiliklar

O‘zbek tili – asrlar davomida xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va boy ma’naviy merosini o‘zida mujassam etib kelayotgan bebaho xazinadir. Ona tilimiz milliy o‘zligimizni anglash, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash hamda xalqimizning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etishda muhim o‘rin tutadi.
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu tarixiy qadam ona tilimizning huquqiy maqomini mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Bugungi kunda o‘zbek tilining davlat boshqaruvi, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning sofligini asrash hamda kelajak avlodlarga boy va betakror meros sifatida yetkazish har birimizning muhim vazifamizdir. Ayniqsa, ona tilimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash barchamizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.
Ona tilimizning qadri va e’tibori yanada yuksalib, xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi sifatida doimo ardoqda bo‘lsin!
G‘ayrat Muxamedov,
Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori
