O‘zbek tili – qalbimiz ko‘zgusi, millatimiz faxri
2026-10-19 17:05:00 / Yangiliklar

Unda Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari T.Aytmuratov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘I O‘.Boboyorov hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri ekani, ona tilimiz milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat tilining jamiyat hayotidagi ahamiyati, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, davlat tashkilotlarida ish yuritish jarayonlarida adabiy til me’yorlariga rioya qilish, hujjatlarni davlat tilida savodli va to‘g‘ri rasmiylashtirish muhim vazifa ekanligi qayd etildi.
Tadbir doirasida davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish, rasmiy hujjatlarni tayyorlashda imlo va uslub qoidalariga amal qilish, o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ommaviy diktant tadbiri g‘oliblari munosib taqdirlandi.







