Jomboyda yangi shoxobcha: ekologik talablar muhokama qilindi
2026-10-12 15:25:00 / Jamoatchilik eshituvlari

Vazirlar Mahkamasining 234-son qarori ijrosiga muvofiq tashkil etilgan tadbirda Davlat ekologik ekspertizasi markazi Samarqand viloyati filiali mutaxassislari, loyiha tashkiloti vakillari hamda qo‘shni hudud aholisi ishtirok etdi.
Eshituv davomida buyurtmachiga quyidagi ekologik talablarga rioya etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni 2-bandiga muvofiq, obyekt atrofini ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarni muhofaza qilish;
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga asosan maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus maydoncha tashkil etish hamda chiqindi qutilarini belgilangan talablarga muvofiq joylashtirish;
Qurilish hududidagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va ularga zarar yetkazmaslik;
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan barcha ekologik talablarga rioya qilish.
Eshituvda jamoatchilik fikri tinglanib, qo‘shimcha takliflar bildirildi. Muhokamalar yakunida loyiha ishtirokchilarining roziligi bilan ma’qullandi.
