Ekologik talablar bajarilishi o‘rganildi
2026-09-29 11:00:00 / Yangiliklar

Xususan, Markazning Sirdaryo viloyati filiali mutaxassislari tomonidan Oqoltin tumani Obod mahallasida joylashgan “OQOLTIN METAN” MChJ faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Unda korxonaning avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi faoliyati bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talab va tavsiyalarning bajarilishi tahlil qilindi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, korxona tomonidan faoliyatni boshlash jarayonida xulosada belgilangan ekologik talab va tavsiyalar bajarilgani aniqlandi.
Shuningdek, Markazning Qashqadaryo viloyati filiali hamda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Kitob tumanidagi “Makrid juma dehqon oziq-ovqat bozori” MChJga qarashli obyektni rekonstruksiya qilib, savdo va xizmat ko‘rsatish kompleksi barpo etish loyihasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida obyekt faoliyatining ekologik me’yor va talablarga muvofiqligi, shuningdek, zarur ruxsatnomalar va ekologik xulosalarning mavjudligi ko‘rib chiqildi.



