JAMOATCHILIK ESHITUVI O‘TKAZILDI
2026-09-09 11:55:00 / Jamoatchilik eshituvlari
Yangiyer shahridagi “Fazilat” mahallasida “KREPS-YAN” MChJ hududida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Unda mahalla faollari va aholi vakillari, arxitektura sohasi mutaxassislari, ekologlar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “KREPS-YAN” MChJning vodoemulsiya ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha tayyorlangan atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot loyihasi muhokama qilindi.
Tadbir davomida loyihaning atrof-muhitga ta’siri, aholi uchun yaratiladigan sharoitlar, shuningdek, korxona faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Muhokama yakunida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari inobatga olindi. Loyiha jamoatchilik tomonidan ma’qullandi.

