Korrupsiyaga qarshi kurashish — har bir xodimning burchi
2026-09-02 16:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Markaz Bosh direktori G‘. Muxamedov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis R. Tashpulatov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, jumladan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Suhbat davomida xodimlarning xizmat faoliyatida halollik, xolislik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilishi, korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda belgilangan tartibda xabar berishi hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.




