Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlari bo‘yicha seminar davom etmoqda
2026-08-18 11:00:00 / Yangiliklar

Seminar-trening doirasida davlat ekologik ekspertizasi hamda atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlarida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbir davomida ekologik ekspertiza jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mansabdor shaxslar tomonidan vakolatlardan suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, qarorlar qabul qilish jarayonida inson omilini kamaytirish hamda raqamli mexanizmlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlash, ularni baholash va bartaraf etish, ekologik ekspertiza jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlarini yanada shaffof, adolatli va korrupsiyadan xoli tashkil etish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.




