Loyihachilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda
2026-08-14 11:50:00 / Yangiliklar

Mazkur kurs atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) materiallari hamda ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
O‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar ekologiya sohasidagi islohotlar va amaldagi qonunchilik, atrof-muhitga ta’sirni baholash, davlat ekologik ekspertizasi, skrining va skoping, strategik ekologik baholash, atmosfera havosiga ta’sirni baholash, suv resurslarini muhofaza qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish hamda ekologik audit va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini oshiradi.
Kurs 2026-yil 17-avgustdan boshlanadi. O‘qish muddati 1 oy, jami 144 soatni tashkil etadi. Kurs yakunida belgilangan namunadagi malaka oshirish guvohnomasi beriladi.
Kursga qabul qilish uchun zarur hujjatlar:
- pasport (ID-karta) nusxasi;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- ariza;
- 3×4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
- ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma.
Kurslarda qatnashish istagida bo‘lganlar murojaat qilishi mumkin.
📞 Murojaat uchun: +998 94 683-93-64; +998 94 074-77-33 @Ekmarkazarizabot
📧 E-mail: ekomarkaz@exat.uz
🌐 Veb-sayt: www.ecomarkaz.uz
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uy.
