Ekspertiza sohasida gender auditi o‘tkazildi
2026-08-13 19:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar asosida tashkil etildi.
Audit davomida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyat va mehnat jamoalaridagi o‘rnini mustahkamlash, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash hamda mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Markaz mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazilib, xodimlarning gender tengligi va gender masalalariga oid fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil etildi.
Mazkur tadbir markazda gender tengligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholash, mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda kelgusidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.



