Rasmiy munosabat
2026-07-14 22:00:00 / Yangiliklar

Orxus markazi tashkil etilishi yuzasidan e’lon qilingan materialda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar hamda bo‘lib o‘tgan muhokamaning haqiqiy mazmuniga mos kelmaydigan asossiz ayblovlar keltirilgan.
Mazkur yig‘ilish faqat ochiq konsultativ xususiyatga ega bo‘lib, unda Orxus markazi rahbarini tanlash, saralash yoki tayinlash masalasi ko‘rib chiqilmadi. Hech bir nomzod tasdiqlanmadi, rad etilmadi yoki muhokamadan chetlashtirilmadi. Ishtirokchilar faqat ehtimoliy nomzodlarning kasbiy tajribasi, ekologik huquq sohasidagi bilimlari, boshqaruv ko‘nikmalari hamda til bilish darajasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Oldindan “qulay” rahbar tanlab qo‘yilgani, kelgusidagi markaz davlat organlariga qaram bo‘lishi yoki ekologik faollarni ataylab chetlashtirish rejalashtirilayotgani haqidagi da’volar hech qanday qaror yoki hujjat bilan tasdiqlanmagan hamda asossiz taxminlardan iborat.
Orxus markazining tashkiliy-huquqiy shakli, moliyalashtirish tartibi, rahbarni tanlash mezonlari hamda markaz mustaqilligini ta’minlash mexanizmlari hozirga qadar tasdiqlanmagan. Mazkur masalalar jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etishda davom etilmoqda.
Shu munosabat bilan, e’lon qilingan material ochiq muhokamaning bir tomonlama talqini bo‘lib, jamoatchilikni chalg‘itishga xizmat qiladi. Axborot mualliflari va uni tarqatuvchilarni faqat ishonchli hamda tasdiqlangan faktlarga tayanishga, shuningdek, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va sha’n hamda obro‘ga putur еtkazuvchi ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishga chaqiramiz.
