Markaz jamoasi teatrda madaniy va ma’naviy hordiq chiqardi
2026-06-29 17:00:00 / Yangiliklar
Davlat ekologik ekspertizasi markazi xodimlari O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, teatr repertuaridan o‘rin olgan “Er-xotinning urushi” spektaklini tomosha qildi.

Sahna asarida oilaviy munosabatlar, insoniy qadriyatlar hamda hayotiy voqealar o‘ziga xos mutoyiba va chuqur falsafiy yondashuv uyg‘unligida yoritilgan. Aktyorlarning yuksak mahorati tomoshabinlarni bir vaqtning o‘zida kuldirib, mushohada qilishga ham undadi.
Bunday madaniy tadbirlar jamoada ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, milliy teatr san’ati va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Spektakl markaz xodimlarida iliq taassurot qoldirib, ularga unutilmas estetik va ma’naviy zavq ulashdi.



