Tajriba, muloqot va amaliy bilimlar — “Media haftalik”ning uchinchi kuni markazida
2026-06-19 18:30:00 / Yangiliklar

Kun davomida media va kommunikatsiya sohasida katta tajriba to‘plagan mutaxassislar o‘z faoliyatida sinovdan o‘tgan yondashuvlar hamda zamonaviy media makonidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Xususan, Davlat ekologik ekspertizasi markazi Axborot xizmati rahbari Shaxzoda Akramova davlat tashkilotlari uchun PR strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlariga to‘xtalib, samarali kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish, maqsadli auditoriyani aniqlash, axborot siyosatini strategik rejalashtirish hamda zamonaviy PR vositalaridan foydalanish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, davlat tashkilotlarining jamoatchilik oldidagi ijobiy imijini shakllantirish, axborotni keng jamoatchilikka tezkor va ishonchli yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Treninglar davomida ishtirokchilar nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi, balki soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda amaliy tavsiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.







