O‘zbekiston – Belarus: o‘zaro bilim va tajriba almashmoqda
2026-05-13 17:30:00 / Yangiliklar

Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori o‘rinbosari V.Shi-syan boshchiligidagi delegatsiya ekologik ekspertiza sohasida tajriba almashish maqsadida Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Belarus Respublikasi Davlat ekologik ekspertizasi markazida davra suhbati o‘tkazildi.
Ikki tashkilot o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi professional hamda hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
11–15-may kunlari Davlat ekologik ekspertizasi markazi vakillari Belarus Respublikasi Davlat ekologik ekspertiza markazida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Ular ekologik ekspertiza va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi amaliy tajriba bilan tanishib, o‘zaro bilim va tajriba almashmoqda.
Belarus tomoni tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Maʼlumot o‘rnida, tashrif dasturi doirasida delegatsiya aʼzolari Belarus Atom elektr stansiyasida bo‘lib, uning faoliyatini o‘rganadi.



