Eng maqbul texnologiyalarni joriy etishda O‘zbekiston va Belarus hamkorligi kengaymoqda
2026-05-13 14:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi hamkorlik masalalari hamda har ikki mamlakat sanoat tarmoqlarida eng maqbul texnologiyalarni (EMT) joriy etish borasida tajriba almashishga bag‘ishlandi.
Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildi:
– ekologik ekspertiza mexanizmlarini takomillashtirish;
– ilg‘or va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish hamda moslashtirish bo‘yicha amaliy tajriba almashish;
– ekologik xavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
– korxonalarda barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirish;
– qo‘shma ta’lim va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
– EMTni joriy etish talablari hisobga olingan holda loyihalarni ekologik ekspertizadan o‘tkazishda yagona yondashuvni shakllantirish.
Uchrashuvda ekologik ekspertiza sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda har ikki mamlakatda zamonaviy va ekologik samarador yechimlarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilari qo‘shma tashabbuslar ekologik ekspertiza sifatini oshirish, ekologik xavfsizlik darajasini yuksaltirish hamda tabiatdan oqilona foydalanish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

