Shaffoflik va adolat: taraqqiyotning yagona yo‘li
2026-03-27 18:00:00 / Yangiliklar

Unda bugungi kunda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarurligi, markaz rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Ekologik ekspertiza sohasida shaffoflik, qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiya davlat va jamiyat rivoji, yurt taraqqiyoti va xalq ravnaqiga raxna soladigan asosiy illat ekanligini qayd etilib, malakatimizda ham mazkur illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgani e’tirof etildi.
Tizimda korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va sharoitlarni aniqlash hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr-mulohazalar bildirilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.






