E’lon!
2026-01-19 09:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 23-yanvar kuni soat 10:00da Bo‘stonliq tumani hokimligi binosida (Toshkent viloyati, G‘azalkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 14-uy) “Sea Breeze Uzbekistan” turistik majmuasi qurilishi loyihasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tadi.
Loyiha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida, Chorvoq suv omborining sharqiy qirg‘og‘i hududida joylashgan bo‘lib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etishni nazarda tutadi.
Mazkur jamoatchilik eshituvlari loyihasi doirasida:
• hududni rejalashtirish va qurilish yechimlari;
• atmosfera havosi, suv va tuproqqa bo‘ladigan ta’sir;
• chiqindilarni boshqarish;
• yashil hududlar va suv ob’ektlarini muhofaza qilish;
• ekologik xavfsizlik choralari va monitoring masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Loyiha hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ekologik qonunchiligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Loyiha bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni jamoatchilik eshituvlari davomida yoki yozma shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.
Loyiha bo‘yicha taklif va murojaatlaringizni quyidagi raqamlar orqali yuborishingiz mumkin:
Tashkiliy masalalar bo‘yicha:
Mars Xegay — (+998 90) 348-11-55
OAV va blogerlar bilan ishlash bo‘yicha:
Nigina Amanova — (+998 99) 315 10 05, Oraz Abdurazakov — (+998 90) 799-99-97.
Jamoatchilik vakillari, mutaxassislar va barcha manfaatdor tomonlarni jamoatchilik eshituvlarida ishtirok etishga taklif qilamiz!
