Janubiy Koreya bilan transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi
2025-04-09 15:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda ikki mamlakatning temir yo‘l va avtomobil transporti sohasidagi hamkorligi, xususan, Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasidan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlarini xarid qilish hamda “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama etishdi.
Uchrashuv davomida D.Xvan Inchxon xalqaro aeroportini rivojlantirish tajribasiga to‘xtalib o‘tdi hamda Koreya davlat korporatsiyasining Urganch aeroportini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Koreya tomoni 2024-yil oktabr oyida Toshkent shahri uchun "aqlli shahar" bosh rejasini ishlab chiqish yakunlangani va “aqlli avtobus” tizimini yaratish bo‘yicha loyiha ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar Koreyaning "Official Development Assistance" rivojlanishga rasmiy yordam dasturi doirasidagi potensial hamkorlikning kelgusida yo‘nalishlarini muhokama etishdi.


