Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
2024-12-10 14:30:00 / Yangiliklar
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
