#rasmiy_munosabat
2024-05-16 09:30:00 / Yangiliklar
Ma’lumki, “Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy viloyati Navbahor tuman hokimining 2009-yil 14-iyuldagi tegishli qarori binoan tuman kadastri tomonidan 5000 ga maydon muzey-qo‘riqxona uchun alohida belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2019-yilda “Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxona hududidan qimmatbaho metallarni ajratib olishda oltin izlovchilarga yer ajratib berilgan va qazishma ishlari olib borilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNЕSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 11-ilovasiga asosan ushbu muzey-qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari qayta belgilandi.
Hozirgi vaqtda “Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidan oltin qazib olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini ajratib berish holatlari mavjud emas.