Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Vobkent tumanining “Shakarkent” hamda “Latifsovungar” mahallalarida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish, hududni obodonlashtirish yuzasidan oʻrganishlar olib bordi
2024-03-15 07:50:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov hududlarda boʻlib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazib, ularning muammolariga yechim izlamoqda.
13-mart kuni boshqarma boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyat 3 sektor hududiga qarashli Vobkent tumanida oʻrganishlar olib borildi.
Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yoʻllar yoqalari, dala chetlari, xonadonlarning tomorqalariga tuproq va iqlim sharoitiga mos keluvchi mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazish, yoʻllarni tekislash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, yon-atrofni obodonlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish yuzasidan masʼullarga manzilli, aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 12-mart kunida oʻtkazgan selektor yigʻilishida aholi daromadlarini oshirish borasida mahallada, ayniqsa kam daromadli, ishsiz qatlamning oʻzini oʻzi band qilishi orqali, “Bir jon boshiga bir million daromad” shiori ostida yoʻlga qoʻyilayotgan faoliyat turlari ham koʻzdan kechirildi.
Vobkent tumani “Latifsobungar“ mahallasida yashovchi seleksioner Abdurasul Shonazarov 4-yildan buyon zotli qoʻylarni yetishtirib, hozirgi vaqtda 80 ga yaqin “Arashan“ zotli qoʻylarni parvarish qilib kelmoqda.
IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov, tuman sektor rahbarlari ushbu xonadonda boʻlib Abdurasul Shonazarov bilan suhbatda boʻlishdi. Uning muammolarini eshitilib, hal etish choralari koʻrildi.
Oʻrganishlar doirasida Vobkent tumandagi “Veb texstil 2020» tikuv ishlab chiqarish sexi faoliyati ham koʻzdan kechirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati