Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
2024-03-01 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi“Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6099-sonli Farmoni talablari, shuningdek, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sogʻlom turmush-tarzini targʻib qilish maqsadida yosh xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu oʻtkazilgan intellektual oʻyin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Qiziqarli va murosasiz oʻtgan oʻyin natijasiga koʻra, Paxtaobod tumani IIB jamoasi 3-oʻrinni, Asaka tumani IIB jamoasi 2-oʻrinni hamda Baliqchi tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati