Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida jinoyatchilikni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2024-02-09 08:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor tarzida oʻtkazilgan muhokamada sohaviy xizmat rahbarlari va shahar-tuman IIB masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Unda joriy yilning shu kuniga qadar viloyat hududida fosh etilmasdan kelinayotgan jinoyatlar va qidiruvda boʻlgan shaxslarni ushlash, shuningdek, jinoyatlarni oldini olishda mahallabay ish tashkil etish natijalari hamda “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi va bu borada masʼullarning axborotlari tinglandi.
Muhokama soʻnggida masʼullarga oʻtgan davr mobaynida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklardan xulosa chiqargan holda manzilli ish tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olishda unga sababchi boʻlayotgan omillarni erta aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati