Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Andijon davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-05-02 11:50:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti oʻrtasida Oʻzbekistonda kriminologiya va pedagogika sohasidagi ilmiy maktabining ijodiy integratsiyasini taʼminlash maqsadida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Institut boshligʻi B.Berdialiyev va universiteti rektori B.Akbaraliyevlar kelgusida: pedagogika va kriminologiya sohasida oʻzaro hamkorlikda ilmiy tadbirlar: konferensiya, seminar, davra suhbati kabilarni tashkil etish, tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, pedagogik va kriminologik tadqiqotlar natijalari boʻyicha chop etilgan ilmiy, uslubiy va oʻquv nashrlarini oʻzaro almashish, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini birgalikda olish, ular hisobidan qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish, tashkilotlarning mavjud ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish imkoniyatlarini yaratish, xodimlarni oʻzaro ilmiy stajirovkalarga yuborish ishlarini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, talabalar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv-muloqot ham oʻtkazilib, tadbirda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









