Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi oʻtkazildi
2024-01-13 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 14-dekabr kunidagi farmoyishi hamda Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-dekabr kunidagi farmoyishi ijrosini taʼminlash, shuningdek mazkur sana munosabati bilan ichki ishlar organlarida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida joriy yilning 11-yanvar sanasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriy xodimlar hamda yosh xodimlari bilan bir qatorda IIV Sirdaryo Akademik litseyi oʻquvchilari bilan “Uch avlod” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va gʻamxoʻrliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta boʻlish lozimligini taʼkidlashdi.
Faxriylar uzviy anʼanaga sodiq qolgan holda joriy yilda ham yoshlarga maslahatchi-koʻmakchi sifatida har tomonlama yordam berishlarini bildirishdi. Faxriylar va xodimlar amaldagi yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga kelishib olindi.
Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



