Asosiy kontentga o'tish

Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati IIBB boshligʻining navbatdagi qabuli oʻtkazildi

2025-03-25 10:20:00 / Yangiliklar

​Xabar berilganidek, 23-mart kuni Quyi Chirchiq tumanida Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general mayor Tohir Aripovning fuqarolar bilan sayyor qabul uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Qabulda aholining ichki ishlar organlariga oid masalalari, jumladan, tergov-surishtiruv, yoʻl harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi kabi yoʻnalishlardagi murojaatlarini tinglash va ularni hal etishga qaratildi.

Tadbir davomida yoʻllangan har bir murojaatlar tegishli masʼullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlariga bevosita yechim topish, ularning muammolarini tezkor hal qilishga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati IIB Axborot xizmati

476

Oxirgi yangilanish: 2025-03-26 09:46:38

Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati IIBB boshligʻining navbatdagi qabuli oʻtkazildi