Yangi Oʻzbekistonimga xush kelibsan Yangi yil!
2024-12-30 13:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi yil bayrami koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi estrada ansambli xodimlari tomonidan shoʻx-shodon qoʻshiqlar oʻquvchilar kayfiyatini koʻtarib, yangi yil shukuhini baxsh etdi.
Qorbobo, qorqiz va multfilm qahramonlari bayramga tashrif buyurib, oʻquvchilarga sovgʻalar ulashdi. Maktab jamoasi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da oʻquvchilar yanada kuch-gʻayratga toʻlib, yangi bilimlar bilan yangi marralarni zabt etishlari tilab qolindi.
IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati





