I.M.Gubkin nomidagi RDUT filialida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish muhim vazifa” mavzusi boʻyicha profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi
2024-10-28 15:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirni filialning birinchi prorektori, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Gulasal Madraximova kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Shundan soʻng, mazkur tadbirda ishtirok etayotgan IIV Akademiyasi magistraturasining tinglovchisi podpolkovnik Tursunov Qaxramon Yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarliklarning turli koʻrinishlari haqida toʻxtalib, barchani ogohlikka chorladi va talaba yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik xususidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish kerakligini aytib oʻtdi.
Ushbu davra suhbati 300ga yaqin talaba yoshlarni qamrab oldi.


