Toshkent viloyatida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, viloyat IIBB rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-10-10 12:40:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati IIBB YHXB binosida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Toxir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan polkovnik Aziz Sadirov masʼullar hamda xodimlarga tanishtirildi.
Poytaxt Toshkent shahrini viloyatlar bilan bogʻlovchi yoʻllar Toshkent viloyati hududidan oʻtishi, mazkur yoʻllarda transport vositalarining serqatnovligini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish lozimligi taʼkidlanib, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat avtomobil yoʻllarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari yuzasidan tanqidiy tarzda soʻz yuritildi.
Kelgusida yoʻllarda inson salomatligini asrash borasida koʻrilishi zarur boʻlgan choralar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati