Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan psixolog xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi oʻtkazildi
2024-10-04 11:50:00 / Yangiliklar

Tanlovda ichki ishlar organlarida psixologik taʼminlashning sifat jihatdan samaradorligini yanada oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish orqali yetuk mutaxassis psixolog kadrlar safini kengaytirishga qaratilgan tadbirda ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib oʻzaro bellashdilar.
Koʻrik–tanlovda psixologik test yordamida ishtirokchilarning bilim saviyasi va IQ darajasi aniqlash, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish boʻyicha fikrlar va savol-javoblar asosida kechgan bahslarda ishtirokchilarning targʻibot-tashviqot ishlari hamda psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan gʻoyalari, bilim va tajribasi sinovdan oʻtkazildi.
Hakamlar hayʼati tomonidan eʼlon qilingan natijalarga koʻra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati bosh inspektori, kapitan Hamza Niyazov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni esa Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, katta leytenant Oybek Doʻstqobilov va Nishon tumani ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant Maftuna Tupliyeva band etishdi.
Ishtirokchilar gʻoliblik diplomi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Endi gʻolib tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




