Istiqlol-gʻurur va iftixorimiz
2024-09-01 00:15:00 / Yangiliklar

33-yil aslida asrlarni ortda qoldirgan tarix uchun juda qisqa fursatlarga teng. Lekin, ana shu yillar xalqimiz uchun nechogʻlik muhim ahamiyatga ega ekanligini bugun har birimiz yurakdan his qilamiz. Mustaqillik- erkimiz, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimizni berdi. Mustaqillik yillarida qoʻlga kiritilgan yutuqlarimizning asosiy omili va mezoni sifatida xalqimizning fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etish joiz. Bugun Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida mehnat qilish, hayotdan rozi boʻlib yashash baxti xalqimizning dunyoqarashini, fuqarolik faolligini tobora kuchaytirmoqda.
Mana 33-yildirki, erkinlik, ozodlik deb atalmish muqaddas neʼmat mamlakatimizdagi har bir fuqaroning chehrasida oʻz aksini topgan. Ha, ozodlik va farovonlikni bugunning shioriga aylantirgan xalqimizning har bir kuni ana shunday zavqli va haroratlidir. Bugun istiqlol tufayli dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnini mustahkamlab borayotgan Vatanimiz ulkan imkoniyatlar diyoriga aylandi. Mustaqillik-bu shunchaki ashʼor emas. Bu tarix solnomasiga bitilgan oddiy kun ham emas. Bu kun ajdodlarimizning azaliy orzusi ushalgan kundir. Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan ezgu ishlar haqida soʻz borar ekan, har bir sohadagi keng islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlaridan ham avval, inson manfaatlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni aytib oʻtish joiz. Bugun xalq hayotdan rozi boʻlib, xursand yashamoqda. Zero, yurt istiqboli, ravnaqi ana shunday shukuh zamirida yuksaladi.
Ozod va obod mustaqil Vatan. Hayotimiz osoyishtalik, barqarorlik, kelajakka umid, tinchlik, xotirjamlik, toʻkin-sochinlik bilan oʻtmoqda. Bu vaqt mobaynida jonajon Oʻzbekistonimizda har jabhada misli koʻrilmagan oʻzgarishlar, qurilish, bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimiz dunyoga yuz tutdi. Bugun istiqlol tufayli jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini mustahkamlab borayotgan Vatanimiz ulkan imkoniyatlar diyoriga aylandi. Xususan, ichki ishlar organlari ham jamiyat va davlatning mustahkam tayanchi va suyanchi sifatida qonuniylik, adolat ustuvorligini taʼminlash borasida fuqarolarimizning ishonchini oqlay oldi. Inson qadrini ulugʻlash va uning manfaatlarini himoya qilish zimmamizdagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Yuksak marralar, ezgu maqsadlar sari fidokorona xizmat qilayotgan xodimlar qasamyodiga sodiq holda kasbiga boʻlgan masʼuliyati ortgan.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda istiqlol yillarida mustaqil taraqqiyotimizning asosiy maqsadi va mohiyatini ochib beruvchi “Inson manfaati-har narsadan ulugʻ”, Islohot islohot uchun emas, avvalo inson, uning kelajagi uchun, “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” kabi tamoyillar ostida olib borilayotgan islohotlar insonni eʼzozlashga, qadr-qimmatini oshirishga uning haq-huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirildi. Ichki ishlar xodimlari ana shu islohotlarga daxldorlik hissi ila aholining bugunidan mamnunligini oshirish, mavjud muammolariga qonuniy yechim topish uchun doimo xizmatga shay.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlarni koʻrib, koʻngilda farahbaxsh tuygʻular joʻsh uradi. Insonning baxti, osoyishtaligi shu aziz Vatan ravnaqi, uning gullab-yashnashi bilan hamohang.
Istiqlol chin maʼnoda bizga erkinliklar, qulayliklar yaratib berdi. Har bir kunimiz, bugunimiz va ertamiz bundanda shiddat bilan rivojlanib taraqqiy topmoqda.
Rahmat Mamatov
Samarqand viloyati IIB boshligʻi, polkovnik
