“Quvnoqlar va zukkolar – 2024” Toshkent mintaqaviy bosqichi gʻoliblari aniqlandi
2024-08-20 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlaridagi isteʼdodli yosh xodimlarni aniqlash va ularni terma jamoaga jalb etish hamda xodimlarni madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar – 2024” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Quyi Chirchiq tumanida mazkur tanlovning Toshkent mintaqaviy bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda Toshkent viloyati IIBBning “Sirius”, Toshkent shahar IIBBning “Poytaxt”, IIV Akademiyasining “Akademiya” va IIV Jazoni ijro etish departamentining “Departament” jamoalari ishtirok etdilar.
Qizgʻin lahzalar va bahs munozaralarga boy boʻlgan tanlov natijasiga koʻra:
1 oʻrinni-IIV Akademiyasining “Akademiya” jamoasi;
2 oʻrinni-Toshkent shahar IIBBining “Poytaxt” jamoasi;
3 oʻrinni-Toshkent viloyati IIBBning “Sirius” jamoalari egallashdi.
Gʻolib va ishtirokchilarga IIV hamda Toshkent viloyati IIBB masʼullari tomonidan diplom va sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









