Fargʻona viloyati hududida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi” maxsus-kompleks profilaktik tadbirlari va “probatsiya oyligi” doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda
2024-08-12 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari, probatsiya boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Sh.Uralov tomonidan Margʻilon shahar probatsiya boʻlinmasida jazo muddatini oʻtash davomida oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan nazoratdagi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-son Qarori boʻyicha olgan “Dastlabki ijtimoiy-yordam paketi” mablagʻiga asosan tashkil etgan yogʻoch oʻymakorlik, naqsh tayyorlash faoliyati, ishlab chiqarish yoʻnalishidagi “Dizayn servis oilaviy korxonasi” faoliyati bilan tanishdi.
Joylarda ana shunday tadbirlar davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati



