Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishida qatnashish uchun Minsk shahriga tashrif buyurdilar
2024-08-08 16:55:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishida qatnashish uchun Belarus Respublikasining Minsk shahriga tashrif buyurdilar.
Tadbir jarayonida MDHga aʼzo mamlakatlarning ichki ishlar vazirlarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro maydonda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik, noqonuniy migratsiya va turistlarni xavfsizligini taʼminlash sohalarida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.