Samarqand viloyati IIB boshligʻi huzurida tanqidiy-tahliliy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-08-07 09:00:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, xodimlar oʻrtasidagi xizmat intizomi masalalari tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokamada viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari hamda hududiy IIBlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda kamchilikka yoʻl qoʻygan sohalar tanqid ostiga olinib, qattiq ogohlantirildi.
Yigʻilish soʻngida bu boradagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati