Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida IIB tomonidan “Otaliqqa olingan yoshlar” Ekspert-kriminalistika sohasi sir sinoatlari bilan tanishishdi
2024-07-19 10:05:00 / Yangiliklar

Muzrabot tuman 3 sektor hududida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimiga biriktirilgan “Otaliqqa olingan yoshlar” hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish, huquqiy va kitobxonlik savodxonligini oshirish, ijtimoiy qoʻllab quvvatlash maqsadida, tumanning Shaffof mahallasi hududida joylashgan 10-sonli Musiqa maktabida Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika boʻlimi boshligʻi podpolkovnik J.Pardayev, tuman IIB boshligʻi podpolkovnik Oʻ.Shukurov, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimi hamda viloyat IIB Maxsus otryad xodimlari tomonidan sohaga oid koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirda, “Otaliqqa olingan yoshlar” kriminalistika sohasi hamda amaliyotda foydalanadigan asbob-uskunalar, texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
Yoshlar ushbu sohaning murakkabligi va naqadar nozikligiga alohida eʼtibor qaratib, ekspertiza sohasi xodimi boʻlish orzusi uygʻondi.
Tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









