Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida beshta mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan tinglovchilari amaliyotga kirishishdi
2024-07-17 00:35:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida beshta mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan tinglovchilar Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yoʻl-patrul xizmati, Pasport tizimini taʼminlash, Jazoni ijro etish xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish xizmatida joriy yilning 15-iyul kunidan 27-iyul kuniga qadar malakaviy amaliyotni oʻtashga kirishdi.
Malakaviy amaliyotning birinchi kuni barcha sohaviy yoʻnalishlarda malakaviy amaliyot oldi yoʻriqnomalar oʻtkazilib tinglovchilarga koʻp yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan xodimlar biriktirildi.
Malakaviy amaliyotni oʻtkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati