Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov poytaxtimizning Yakkasaroy va Bektemir tumanlarida o‘rganishlar olib bordi
2024-07-11 12:00:00 / Yangiliklar
![Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov poytaxtimizning Yakkasaroy va Bektemir tumanlarida o‘rganishlar olib bordi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F6b3ae26f-5c56-d3e5-a8e1-44d993e8800a_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni saqlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich tomonidan tungi vaqtda poytaxtimizning Yakkasaroy va Bektemir tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida, Yakkasaroy tumani “Muhandislar” mahallasida joylashgan «Toshkent issiqlik elektr markazi» barcha elektr stansiyalari, transformatorlar yuklamasi va unga ulangan isteʼmolchilar soni geolokatsiya orqali yaqqol ko‘rinib turishi, har bir hududga biriktirilgan mutaxassislar onlayn rejimda Toshkent shahrining 6 ta tumanlarida kechayu-kunduz xizmat olib borishlari ko‘zdan kechirildi.
Majmuaga xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilingan xodimlarning axborotlari tinglandi, xodimlarning huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tezkor shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda xizmatni tashkillashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan Yakkasaroy tumani “Yakkasaroy” mahallasi, Askiya ko‘chasida qad rostlagan Toshkent shahar Favqulodda vaziyat boshqarmasi Yong‘in qutqaruv otryadining tezkor xizmat faoliyati va jangovar shayligi ko‘zdan kechirilib, Yakkasaroy tumani Rakatboshi mahallasi va Yakkasaroy ko‘chasida joylashgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati o‘rganildi. Tadbir jarayonida asosiy eʼtibor, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Shundan so‘ng Bektemir tumanida joylashgan «Food city Tashkent» qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozorida tatbiq etilayotgan xavfsizlik choralari, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, hududda jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining xizmat faoliyati o‘rganilib, xavfsizlik choralariga eʼtibor qaratildi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarda biriktirilgan xodimlarning shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi.
Savdo majmuasiga xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilingan xodimlarning axborotlari tinglanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda xizmatni tashkillashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Poytaxt hududiga kirish va chiqish yo‘nalishlarida xavfsizlik choralarining to‘g‘ri va tizimli tashkil etilgani Bektemir tumanidagi “Bektemir” yo‘l patrul xizmati maskanlari misolida o‘rganilib, Vazir o‘rinbosari tomonidan shaxsiy tarkibga xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi