IIV Qashqadaryo Akademik litseyida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus oʻquv kursi tashkil etildi
2024-07-05 10:00:00 / Yangiliklar
IIV Qashqadaryo Akademik litseyida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Bosh prokuror, Fanlar akademiyasi, Huquqni muhofaza qiluvchi va IIV Akademiyasi oʻqituvchilari, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.
Oʻquv kursida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Akademik Akmal Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevning video murojaati tinglandi.
Soʻngra ishtirokchilarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun- mohiyati”, “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar”, Qiynoqqa qarshi konvensiyaga Fakultativ protokoli. Qiynoqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot», “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar” mavzularida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish va IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari maʼruzalar oʻqishdi.
Soʻngra, ishtirokchilarning mavzu doirasidagi bilim va tajribalarini boyitish maqsadida amaliy mashgʻulotlar oʻtildi.
Maxsus oʻquv kursi mashgʻulotlari davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati