Qoʻqon shahrida nazoratdagi shaxslar ishtirokida sayyor sud boʻlib oʻtdi
2024-06-13 17:25:00 / Yangiliklar
Xususan, Probatsiya boʻlimi tomonidan shahardagi Tibbiyot kollejida probatsiya hisobida turgan shaxslar ishtirokida “Sayyor sud” tashkil etildi.
Unda viloyat IIB rahbariyati ishtirok etib, nazoratdagi shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning oʻtash tartib-qoidalari, qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Sud majlisida Qoʻqon shahar IIBning 14 ta taqdimnomalari asosida mehnatga halol munosabatda boʻlgan 9 nafar shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab kelayotgan 5 nafar shaxslardan 2 nafarining jazosi ozodlikdan mahrum qilishga 3 nafarining jazosi ogʻiriga almashtirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati