Qashqadaryo viloyati IIB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda spirtli ichimlik ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
2024-05-01 11:00:00 / Yangiliklar
1990-yilda tugʻilgan bir nafar va 1997-yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, qoʻlbola aroq ishlab chiqarish maqsadida yashirin sex tashkil qilgan. Tezkor tadbir davomida mazkur sexdan jami 680 litr kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan spirt, 4624 dona aroq mahsulotlari, ikki dona stanok, gaz balloni, yorliqlar, shisha idish va qogʻoz qutilar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, salomatlik uchun xavfli boʻlgan mahsulotlarning isteʼmolga chiqib ketishining oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 176 moddasi 2 qismi «v» bandi hamda 186 prim birinchi moddasi 3 qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti