Samarqand viloyati IIB jamoasi “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining gʻolibi
2024-04-23 21:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari Bojxona qoʻmitasi, Milliy Gvardiya xodimlari va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, uchinchi oʻrinni Oqdaryo tumani IIB jamoasi, ikkinchi oʻrinni Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi jamoasi va faxrli birinchi oʻrinni Samarqand viloyati IIB jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Endilikda jamoa Respublika miqyosida viloyat shaʼnini himoya qiladi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









