15-18-aprel kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida xalqaro seminar-trening tashkil qilindi
2024-04-20 10:55:00 / Yangiliklar

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi vakillari oʻtkazgan mashgʻulotlarda ichki ishlar organlaridan tergov va jinoyat-qidiruv xizmati xodimlari hamda akademiya professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Tajribali mutaxassislar tomonidan jinoiy faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish, undan olingan daromadlarni legallashtirish, hozirgi sharoitda yuzaga kelayotgan yangi turdagi jinoyatlar, ularni tergov qilish metodikalari ilgʻor tajribalar asosida tushuntirildi. Shuningdek, xalqaro va milliy huquq tizimining oʻziga xos xususiyatlari haqida fikr almashildi.
Seminar-trening yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda Turkiya Respublikasi elchixonasining ichki ishlar masalalari boʻyicha maslahatchilari Semih Okyar va Murat Karausta ishtirok etdi. Mehmonlar ikki tomonlama hamkorlikning jadal faollashayotgani zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda tajriba almashish imkonini berayotganini eʼtirof etishdi.
Ishtirokchilarga sertifikat berilganidan soʻng turkiyalik mutaxassislar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati








