2025-yil 17-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida seminar
2025-06-17 12:35:00 / Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
2025-yil 17-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida xodimlarning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi Ravshan Yuldashev tomonidan mavzuga oid tushuntirish va ma'ruzalar taqdim etildi.
Tadbir Agentlik xodimlarining iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.





