Kонфиденсиаллик сиёсати
Konfidensiallik siyosati
Standart Ko‘makchi mobil ilovasi uchun
Amalga kirish sanasi: 2025-yil 1-may
Ushbu konfidensiallik siyosati O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (02.07.2019, №ЗРУ-547) hamda Google Play dasturchilar siyosatiga muvofiq ishlab chiqilgan. Siyosat Standart Ko‘makchi mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda “Ilova”) foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, ishlov berish va foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ilova faqat axborot berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini yoritish uchun ishlab chiqilgan.
1.2. Ilova ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi va avtomatik tarzda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘maydi.
1.3. Ilovadan foydalanish ushbu siyosatga rozilik bildirgan hisoblanadi.
2. Yig‘iladigan ma’lumotlar hajmi
2.1. Foydalanuvchi faqat “Tadbirkorlarga yordam” bo‘limi orqali elektron pochta va telefon raqamini ixtiyoriy ravishda kiritishi mumkin.
2.2. Ushbu ma’lumotlar:
- Elektron pochta manzili;
- Telefon raqami.
2.3. Bu ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriy hisoblanadi va faqat foydalanuvchining so‘roviga javob berish maqsadida ishlatiladi.
2.4. Ilova quyidagi ma’lumotlarni yig‘maydi:
- Qurilma identifikatori;
- Geolokatsiya;
- Biometrik ma’lumotlar;
- To‘lov/tizim ma’lumotlari;
- Boshqa ilovalardagi ma’lumotlar.
3. Huquqiy asoslar
3.1. Ma’lumotlar quyidagi qonunchilikka asosan ishlanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni;
- “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun;
- Google siyosati va xalqaro standartlar.
3.2. Ishlov berish asoslari:
- Foydalanuvchining roziligi;
- Operatorning qonuniy manfaatlari (foydalanuvchi so‘roviga javob).
4. Maqsadlar
- Foydalanuvchining murojaatiga javob berish;
- Aloqa o‘rnatish;
- Ilovaning foydaliligini oshirish.
5. Saqlash muddati
- Ma’lumotlar foydalanuvchi savoliga javob berilgunga qadar, lekin 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanadi;
- So‘ng o‘chiriladi, qayta tiklanmaydi.
6. Ma’lumotlarni himoya qilish
- Noqonuniy kirish, nusxalash, o‘zgartirish, tarqatish va yo‘q qilishdan himoya choralari qo‘llaniladi;
- Aloqa faqat HTTPS orqali amalga oshiriladi.
7. Foydalanuvchining huquqlari
- O‘z ma’lumotini ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirishni talab qilish;
- Roziligini istalgan vaqtda bekor qilish;
- Sudga yoki vakolatli organlarga murojaat qilish.
8. Uchinchi tomonlarga uzatish
- Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi, faqat qonunchilikda belgilangan hollarda bundan mustasno.
9. Kontakt ma’lumotlar
Ma’lumotlar operatori: Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Email: uzst@standart.uz
Telefon: +99871 202-00-11
Ishonch telefoni: +99871 202-11-01
10. O‘zgartirishlar
- Ushbu siyosatga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin;
- Eng yangi versiya ilovada e’lon qilinadi.
