Qashqadaryoda yana bir buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi
2024-12-12 10:50:00 / Yangiliklar

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida navbatdagi murakkab jarrohlik, ya’ni buyrak ko‘chirib o‘tqazish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
21 yoshli bemor uchun donor onadan olingan buyrakni ko‘chirish operatsiyasi Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi professori F.A.Xodjiboyev boshchiligidagi viloyatimizning malakali mutaxassislar ishtirokida bajarildi.



Tibbiyotdagi transformatsiyalar viloyatimizdagi o‘g‘ir va iqtisodiy cheklangan bemorlarni sog‘lom hayotga qaytish imkoniyatini oshirgani e’tiborga molikdir.
"Hozirgi kunga qadar 8 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan bo‘lib, barchasi muvaffaqiyatli bo‘lgan. Shuningdek, 63 nafar bemorda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash (AKSH) va 167 ta yurak toj tomirlarini stendlash va 418 ta koronarografiya operatsiyalari o‘tkazildi", - deydi markaz direktori R.Tulakov
