Hokimiyat haqida

Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, hududlarda Özbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengaşi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyişlari, bayonnomalari, topşiriqlari ijrosini ta’minlaydi. Viloyat hokimligi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengaşi oldida hisob beradi. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oşirilişi viloyat hokimi, hokim örinbosarlari, mahalliy davlat boşqaruvi organlari rahbarlari, tuman va şahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegişli qarorlar bilan taşkil etilgan boşqa işçi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining taşkiliy-amaliy işi bilan ta’minlanadi. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan taşkil etiladi. Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barça organlar, korxonalar va taşkilotlar, mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar çiqaradi. Viloyat hokimining me’yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bölgan hujjatlari qaror şaklida qabul qilinadi. Viloyat hokimining tezkor va boşqa joriy masalalar böyiça hujjatlari farmoyiş şaklida qabul qilinadi.
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qiliş va innovatsiyalarni joriy etiş borasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ–3407-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boşqaruv apparatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilanadi.
Boşqaruv apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga va Özbekiston Respublikasining boşqa qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, boşqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengaşining va hokimning hujjatlariga, şuningdek Qaşqadaryo viloyati hokimligining boşqaruv apparati töğrisidagi Nizomga amal qiladi.
Boşqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, taşkiliy-texnik va moliyaviy-xöjalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengaşi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengaşi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oşiriş yuzasidan amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqadi va ijroni muntazam ravişda tekşiradi.
Boşqaruv apparati xalq deputatlari Kengaşi faoliyatiga taşkiliy, texnik va boşqa xizmatlar körsatilişini ta’minlaydi.
Viloyat hokimligi apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonuni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qiliş va innovatsiyalarni joriy etiş borasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ–3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Özbekiston Respublikasi viloyatlari, şaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida iş yuritiş va hujjatlar ijrosini nazorat qilişni taşkil etiş böyiça yöriqnoma" hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va şikoyatlari böyiça iş yuritiş "Fuqarolarning murojaatlari töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oşiriladi.
Manzil: 180100, Qarşi şahar, Mustaqillik şoh köçasi 1-uy
Tel: (71) 200-55-05, (75) 221-07-60
Faks: (75) 221-13-40
E-mail: info@qashqadaryo.uz
Ish vaqti: Duşanba-Juma
09:00 dan - 18:00 gacha
Tuşlik: 13:00 dan - 14:00 gacha
Möljal: Milliybank Qarşi filiali
1, 2, 4, 7, 8, 13, 16, 20, 22, 295-sonli yönalişdagi avtobuslar
