Turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir (foto)
2024-04-01 14:25:00 / Press-relizlar

Bugungi kunda, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ushbu sohaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish, o‘z navbatida dunyo mamlakatlari ichida, Mustaqil O‘zbekistonimiz nufuzini oshishiga hamda davlatning ravnaq topib, rivojlanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xususan, bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida ham ushbu yo‘nalishni rivojlantirish yuzasidan, tegishli mutasaddilarga, qarorning mazmun-mohiyati va undagi bir qator imkoniyat hamda imtiyozlarni fuqarolarimizga yetkazilishi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur Qarorning ijrosini ta’minlash yuzasidan bugungi kunda, Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, tashrif buyurayotgan chet el va mahalliy turistlarning turistik hududlarida maroqli dam olishlari, milliy boyligimiz bo‘lgan qadimiy tariximizni o‘rganish, madaniyatimiz va bizning urf odatlarimiz bilan yaqindan tanishishlari hamda ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash borasida, bir qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.






Xususan, chet el turistlari va mahalliy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning qiziqtirgan savollariga yoki biror-bir yumushlariga boshqarma xodimlari tomonidan yaqindan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida xorijiy turistlarning mamlakatimiz bo‘ylab, erkin sayohat qilishiga xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni
ta’minlash Tashkiliy muvofiqlashtirish
bo‘limi Navbatchilik qismi katta inspektor
navbatchisi podpolkovnik M.M.Madiyev
