“UzChess” loyihasi
Loyiha maqsadi: Yoshlar ishlari agentligi, “Loyihalar boshqaruvi markazi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning eng chekka hududidagi shaxmatga qiziquvchilarni ham shaxmatga oid bilimlarini oshirish, xorijda va yurtimizda bo‘lib o‘tadigan xalqaro va mahalliy shaxmat turnirlarini jonli efirda translyatsiya qilish va shaxmatga oid bilimlar va yangiliklarni tizimli va tezkor ulashib borish maqsadida “UzChess” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
“UzChess” loyihasi 2023 yil mart oyida tashkil etilgan bo‘lib, loyiha orqali shaxmatni “nol”dan boshlab bepul, tez va oson o‘rgatishga qaratilgan Youtube platformasidagi “Uzchess” sahifasida videodarslar, qisqa roliklar va jonli efirlar muntazam joylab boriladi.
Loyiha vazifalari: “UzChess” loyihasi orqali 2026 yilda yurtimiz mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga qadar 5 000 ta videodarslik va tahliliy ko‘rsatuvlarni suratga olish, shuningdek, 5 000 dan ortiq xalqaro turnir va musobaqalarni jonli efirda sharhlash ko‘zda tutilgan.
Loyiha komponentlari (yo‘nalishlari): “UzChess” loyihasining Youtube sahifasi orqali “Women’s Chess Championship”, “XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov”, Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent Open”, “Sohibqiron Kubogi”, “Norway Chess 2023”, “Global Chess League”, “World Cup 2023 Azerbaijan”, “Julius Baer Generation Cup”, “Tata Steel Chess India”, 2023-yildagi “FIDE Jahon Chempionati”, “Qatar Masters Open 2023”, “FIDE Grand Swiss 2023”, “Title Tuesday”, “Arena Kings”, “El Llobregat Open Chess”, “Champions Chess Tour”, “Sunway Sitges” kabi xalqaro turnirlar jonli efirda uzatib borilmoqda.
Loyiha rejasi: O‘quvchi-yoshlar orasida shaxmatni yanada ommalashtirish, shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ushbu loyihani yo‘lga qo‘yish orqali bolalarning o‘zlashtirish, mantiqiy fikrlash hamda tahlil qilish darajasini aniqlash maqsadida yangicha metodikalar, darslik va onlayn darslar, tahliliy materiallar yaratiladi.
Loyihaga havola:
