Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabr, O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
Ochiqlikni ta’minlash haqidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi manbalar orqali shikoyat qoldirishi mumkin:
Prezident virtual va xalq qabulxonalari;
1093 qisqa telefon raqami;
info@yoshlar.gov.uz elektron pochtasi;
gov.uz/yoshlar sayti;
Agentlikning ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifalari orqali. Telegram 1, Telegram 2
Yoshlar ishlari agentligiga kelib tushgan murojaatlar qonunchilikka muvofiq, kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi va bu haqida belgilangan tartibda tashkilotning javob xati yo‘llanadi.
Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiqish Agentlik yoki uning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.
Ochiq ma’lumotlarni joylash bo‘yicha mas’ul, Axborot xizmati bosh mutaxassisi Doniyorbek Yusupov. Aloqa raqami: 71-209-01-04 (105)
